Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda qurilish korxonalari soni keskin ko‘paymoqda

O‘zbekistonda qurilish korxonalari soni keskin ko‘paymoqda

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 27,6 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 4,5 foizga oshgan.

2023-yilning mart oyida 1291 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etilgan.

Qurilish korxonalarining eng katta qismi, ya’ni 7017 tasi yoki respublikadagi jami korxonalarning 20 foizi Toshkent shahrida joylashgan.

Avvalroq fevral oyida O‘zbekistonda 848 ta qurilish korxonasi ochilgani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring