Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yangi bank tashkil etildi

O‘zbekistonda yangi bank tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi 2018-yil 29-dekabrda «Poytaxt bank» aksiyadorlik jamiyatiga (Toshkent shahri) bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2017-yil 13-martdagi «Toshkentda 2017−2021-yillarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish miqyosini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida «Poytaxt bank» aksionerlik tijorat turar-joy qurilish jamg‘arma banki tashkil etish belgilangan edi.

«Poytaxt bank»ning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilar etib:

  • aholi va yuridik shaxslarning turar-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda ipoteka kreditlarini ajratish va bank xizmatlarini ko‘rsatish;
  • arzon ko‘p kvartirali uylarni quruvchi pudratchi tashkilotlarga kredit resurslarini ajratish;
  • arzon ko‘p kvartirali uylarni loyihalash va qurishda buyurtmachi vazifalarini bajarish;
  • Toshkentda ko‘p qavatli uylarni qurish va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan pudratchi tashkilotlarga kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish;
  • arzon ko‘p kvartirali uylar qurilishini moliyalashda xorijiy investitsiyalar, jumladan kreditlarni jalb etish, xalqaro moliya institutlari bilan texnik hamkorlik olib borish;
  • muhandislik infratuzilmalari sifatini yaxshilashni ko‘zda tutuvchi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashni o‘z ichiga olgan investitsion faoliyatni olib borish;
  • zamonaviy, foydali, energiya tejovchi va xaridorgir qurilish materiallari va uskunalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga kreditlar ajratish;
  • universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga boshqa bank xizmatlarini ko‘rsatish belgilangandi.

«Poytaxt bank» ustav kapitali boshlang‘ich ulush sifatida poytaxtning mahalliy budjeti hisobidan 3 mlrd so‘mni yo‘naltirish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan xorijiy investorlarni jalb etishni hisobga olgan holda 10 mln yevrodan kam bo‘lmagan ekvivalentda shakllantiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring