O‘zbekistonga eng ko‘p parfyumeriya Turkiyadan olib kelinmoqda
2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 1,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan atir-upa va parfyumeriya mahsulotlari import qilindi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,8 foizga oshgan.
Hisobot davrida O‘zbekistonga eng ko‘p parfyumeriya mahsulotlarini Turkiya yetkazib berdi. Bu davlatdan import qilingan mahsulotlar qiymati 417 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
Keyingi o‘rinlarda Rossiya — 245,6 ming dollar va Fransiya — 235,2 ming dollarlik mahsulot bilan qayd etildi.
Statistikaga ko‘ra, Chexiyadan 197,1 ming dollarlik parfyumeriya mahsulotlari import qilingan. Belarus hissasi 41,1 ming dollarga teng bo‘ldi.
Shuningdek, boshqa davlatlardan jami 203,1 ming dollarlik atir-upa va parfyumeriya mahsulotlari mamlakatga olib kirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter