O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72 mlrd dollardan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 mlrd AQSh dollariga yoki 21,8 foizga oshgan.
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida hamon import ustun bo‘lib turibdi:
- Eksport — 30,9 mlrd (+26,2 foiz)
- Import — 41,9 mlrd (+18,7 foiz) AQSh dollarini tashkil etdi.
O‘zbekiston jahonning 210 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
Mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (20,1 foiz), Rossiya (16,2 foiz), Qozog‘iston (6 foiz), Turkiya (3,7 foiz) va Koreya Respublikasi (2,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter