Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026 yildagi asosiy vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Yig‘ilish avvalida davlatimiz rahbari 2025 yil yakunlariga qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili iqtisodiyot dastlabki prognozlarga nisbatan ancha yuqori — 7,7 foizga o‘sib, yalpi ichki mahsulot hajmi 147 milliard dollardan oshgan.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida o‘sish sur’atlari 2024 yil ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lgan. Jumladan, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43 milliard dollarga, eksport esa 33,8 milliard dollarga yetgan.
Yuqori iqtisodiy faollik va iste’mol talabi o‘sishiga qaramasdan, inflyasiya darajasi 2024 yildagi 9,8 foizdan 7,3 foizga pasaygani qayd etildi.
“Nima uchun bu raqamlarni aytyapman? Chunki iqtisodiy o‘sish qanchalik barqaror bo‘lsa, infratuzilmani yaxshilashga ko‘proq mablag‘ boradi. Bu pirovardida bandlik, daromad va turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi”, – dedi Prezident.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter