Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentning navbatdagi qarori e’lon qilindi

Prezidentning navbatdagi qarori e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

«Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–366-son, 30.08.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-noyabrdan quyidagi 10 ta faoliyat turi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi:

- uy hayvonlari (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati;
- avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati;
- rieltorlik xizmatini ko‘rsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga ko‘maklashish);
- uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati;
- maishiy buyumlarni ijaraga berish xizmati (stol-stul, idish-tovoq, asbob-uskuna va boshqalar);
-gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash);
-tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash;
- yog‘och mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni to‘qish;
- uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va ko‘chatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam to‘qish va sotish;
- kulolchilik.

2023-yil 1-yanvardan YaTTlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foizidan yiliga BHMning bir baravarigacha kamaytiriladi (savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar bundan mustasno).

2023-yil 1-yanvardan o‘zining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda, ular rasmiy band bo‘lgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo‘shiladi:

-chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar);
-issiqxona;
-parrandachilik (bedana, kurka, g‘oz, o‘rdak);
-quyonchilik;
-asalarichilik;
-baliqchilik;
-bog‘dorchilik;
-limonchilik;
-gulchilik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring