Qurilish ishlari bo‘yicha qaysi hududlar yetakchilik qilmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda jami 104,9 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Hududlar orasida Toshkent shahri 28 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan mutlaq yetakchi bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Toshkent viloyati 10,7 trln so‘m va Buxoro viloyati 7,2 trln so‘m bilan egalladi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 6,9 trln so‘mlik, Qashqadaryo viloyatida 6,7 trln so‘mlik, Samarqand viloyatida esa 6,6 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.
Hisobot davrida Namangan viloyatida qurilish ishlari hajmi 5,4 trln so‘mni tashkil qildi.
Andijon, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida bir xil — 5,3 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida mazkur ko‘rsatkich 5,2 trln so‘mga yetdi.
Navoiy viloyatida 4,1 trln so‘mlik, Jizzax viloyatida 3,2 trln so‘mlik hamda Sirdaryo viloyatida 2,2 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter