Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Raqamli O‘zbekiston-2030» dasturi hayotga tatbiq etiladi

«Raqamli O‘zbekiston-2030» dasturi hayotga tatbiq etiladi

Foto: «Taraqqiyot strategiyasi» markazi

Bugun, 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda Hukumatga 2 oy ichida raqamli iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqish yuklatildi.

Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqiladi hamda «Raqamli O‘zbekiston-2030» dasturi hayotga tatbiq etiladi.

«Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o‘stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun iqtisodiyot sohalarida raqamli transformatsiyani amalga oshirish, milliy axborot texnologiyalarini rivojlantirish va bu yo‘nalishda investitsiyalar jalb etish zarur», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring