Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

So‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda internetga ulanish tezligi 28 martaga oshgan – tadqiqot

So‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda internetga ulanish tezligi 28 martaga oshgan – tadqiqot

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2022-yillarda O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasida ro‘y bergan o‘zgarishlarga oid ma’lumotda xalqaro ma’lumotlarni uzatish tarmog‘iga, ya’ni internetga ulanish tezligi 28 barobar oshgani va 2022-yilda 1800 Gbit/s ni tashkil etgani aytiladi.

O‘tkazilgan tahlil davrida O‘zbekistonda raqamli infratuzilmaning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha sezilarli o‘sish qayd etilgan.

Shu jumladan:

  • provayderlar uchun internet tariflari narxi 30 barobar, ya’ni 2017-yildagi 90 dollardan 2022-yilda 3 dollargacha arzonlashdi;
  • optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 7 barobar oshib, 2017-yildagi 24,5 ming km.dan 2022-yilda 170 ming km.gacha yetdi;
  • mobil tayanch stansiyalar soni qariyb 3 barobar ko‘paydi va 2022-yilda 54 mingtaga yetdi;
  • 2022 yilda aholining 75 foizi internetdan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi (2017-yilda bu ko‘rsatkich 34,5 foiz edi);
  • Uyali aloqa tarmoqlari abonentlari ulushi 2017-2022-yillarda 70 foizdan 86 foizga (o‘sish 1,2 barobar) ko‘tarildi.

Qayd qilinishicha, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (2026-yil oxirigacha uning YaIMdagi ulushini kamida 2,5 barobarga oshirish) «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasida asosiy «drayver» sifatida belgilangan.

Ushbu maqsadga erishish uchun raqamli xizmatlar bozori va infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan bir qator kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Shu jumladan, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni 5 barobar, eksportini esa 10 barobar, ya’ni 500 million AQSh dollariga, iqtisodiyotning real sektoridagi ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarda, moliya va bank sektorlarida raqamlashtirish darajasini 70 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, shaharlarni rejalashtirish va qurilishni raqamlashtirish, ularni «Aqlli shahar» konsepsiyasi doirasida rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring