Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda agrokimyo mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqamli markirovkalash tizimi joriy etildi

Samarqandda agrokimyo mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqamli markirovkalash tizimi joriy etildi

O‘zbekistonda agrokimyo mahsulotlarini raqamli markirovkalash bo‘yicha milliy tajriba loyihasi doirasida Samarqand shahridagi «SCHELKOVO AGROHIM-O‘ZBEKISTON» MChJ QK ishlab chiqarish maydonchasida agrokimyo mahsulotlari qadoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosma (Direct Marking) usulida unikal raqamli kodlarni qo‘llash jarayoni muvaffaqiyatli ishga tushirildi.

Joriy etish «Asl Belgisi» milliy raqamli markirovkalash tizimi operatori va «Integrated Trade Solution ITS» MChJ texnologik integratorining birgalikdagi faoliyati tufayli amalga oshirildi, ular jarayonlarni agrokimyoviy ishlab chiqarish xususiyatlariga moslashtirdilar.

Ushbu voqea agrar sohani raqamlashtirish, o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari bozorida shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha davlat strategiyasini amalga oshirishda muhim bosqichdir. 2026 yil 1 maydan boshlab raqamli markirovkalash respublikadagi barcha agrokimyo mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun majburiy bo‘ladi. Ungacha bozor ishtirokchilari ishlab chiqarish liniyalarini moslashtirishlari, hisobga olish tizimlarini modernizatsiya qilishlari va xodimlarni tayyorlashlari kerak.

«SCHELKOVO AGROHIM-O‘ZBEKISTON» MChJ QK, gerbitsidlardan tortib feromonlargacha bo‘lgan 180 dan ortiq agrokimyo mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi sohada birinchilardan bo‘lib Data Matrix kodlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash jarayonini joriy etdi. Bu har bir mahsulot birligining zavoddan yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan harakatini kuzatish imkonini beradi, mahsulotning aslligi, sifati va qalbakilashtirishdan himoyalanishini ta’minlaydi.

O‘zbekistonda raqamli markirovka loyihasining tajriba bosqichi 1 may kuni boshlangan va 2025 yil 31 oktyabrgacha davom etadi. Ushbu davrda bozor ishtirokchilari Asl Belgisi tizimining ishlashini sinovdan o‘tkazadilar va uni biznes jarayonlariga kiritadilar. Markirovkalanadigan mahsulotlarning majburiy ro‘yxatiga mineral o‘g‘itlarning barcha turlari, mikroo‘g‘itlar, pestitsidlar, fumigantlar, o‘simliklar o‘sishini tartibga soluvchilar va agrar maqsadlarga mo‘ljallangan boshqa vositalar kiradi.

Asl Belgisi ta’kidlaganidek, raqamli markirovka nafaqat nazorat vositasi, balki bozorni «oqlash» va mahalliy mahsulotlarning eksport jozibadorligini oshirish yo‘lidagi strategik qadamdir. Avvalroq tizim boshqa sohalarda, jumladan, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatida o‘z samaradorligini isbotlagan edi.

Agrokimyoni raqamli markirovkalashni joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024 yil aprel oyida tasdiqlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ning bir qismi bo‘ldi.

Hujjatning asosiy vazifalaridan biri kontrabandaga qarshi kurashish va mamlakat ichida ham, tashqi bozorlarda ham mahsulot sifatiga bo‘lgan ishonchni oshirishdan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring