my.gov.uz — jazirama issiqda muammolarning masofaviy yechimi
Hali chilla kirishga ham ulgurmagan bo‘lsada, tashqarida havo harorati +42 ni ko‘rsatyapti, asfaltdan ko‘tarilayotgan hovurniku gapirmasa ham bo‘laveradi. Hatto soyada erkin ham nafas olib bo‘lmay qoldi, issiq havo shundoqqina dimog‘ingga uriladiya. Shu jaziramada ko‘chaga chiqish u yoqda tursin, derazadan qarashga odam cho‘chiydi.
Maraymamat tog‘a konditsioner tagida, qo‘lida bir piyola ko‘k choy bilan chuqur o‘yga tolgancha o‘tirardi. Bugun uning oldida tog‘dek bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar bor.
Avvalo to‘ng‘ich qizi Gulmo‘ndining hujjatlarini universitetga topshirishi kerak, qabul tugashiga ham sanoqli kunlar qoldi. Kenjatoyi o‘g‘li ham bu yil 1-sinfga chiqadi, hali hujjatlarini ko‘tarib maktabga borish kerak.
Yaqinda sotib olgan yangi uyiga oilaviy doimiy ro‘yxatga (propiskaga) turish muddati ham yetib kelyapti. Boz ustiga, qachondan beri shu yangi uyning kadastr pasportini rasmiylashtirishni orqaga surib yuribdi, tezroq hal qilmasa bo‘lmaydi.
Yozning issig‘ida svet yoki gaz o‘chib qolmasligi uchun kommunal xizmatlardan qarzdorligi bormi-yo‘qmi bilib, ularni ham to‘lab qo‘yish kerak. Maraymamat peshonasidan sizib chiqayotgan terni artar ekan, tasavvurida idoralardagi turnaqator navbatlar, tirband yo‘llar va jaziramadagi sargardonliklar jonlandi:
— Ehh, shu issiqda idorama-idora yursam, sog‘lig‘im ham, asabim ham tamom bo‘ladiku!
Shu payt uyga talaba jiyani Tursunboy kelib qoldi. Tog‘asining kayfiyatini ko‘rib:
— Tog‘a, nega buncha siqilasiz? Hozir texnologiya asriku! Jazirama issiqda o‘zingizga jabr qilib ko‘chaga chiqishning nima keragi bor? Ahir my.gov.uz borku, dedi dedi qo‘lidagi telefonini ko‘rsatib.
Maraymamat tog‘a avvaliga ishonqiramay qaradi:
— Qo‘ysangchi, shuncha ishni bitta telefonda bitirib bo‘larkanmi?
— Albatta bo‘ladi!
Sherbek tizimga kirib, “OTM va texnikumlarga hujjat topshirish“ bo‘limini ochdi. Gulmo‘ndining pasport ma’lumotlari kiritilgach, tizim avtomatik ravishda uning diplom ma’lumotlarini topdi. Qiz yoqtirgan yo‘nalishlar tanlandi, kerakli hujjatlar yuklandi.
— Bo‘ldi, tog‘a! Qizingizning hujjatlari ketdi. Endi u issiqda sargardon bo‘lmay, xotirjam uyda o‘tirib imtihonga tayyorlanaveradi. Endi kenjatoyingizni maktabga joylashtiramiz.
Maraymamat tog‘aning nazarida Tursunboy ekranga bir-ikki marta tegdiyu, “Farzandni maktabga joylashtirish (1-sinf)“ xizmati orqali bolaning ma’lumotlari to‘ldirildi. Maktabma-maktab qog‘oz ko‘tarib yurish o‘rniga, uydan chiqmay turib onlayn ro‘yxatdan o‘tkazildi.
— Mana, 20 iyundan boshlangan qabulga birinchilardan bo‘lib ulgurdik! — deb qo‘ydi jiyani.
Navbat yangi uy masalalariga keldi. Tursunboy “Kadastr pasportini shakllantirish“ xizmatini tanladi. Tegishli arizani jo‘natishdi. Hech qanday idoraga borishga, soatlab navbat kutishga ehtiyoj qolmadi, hamma ma’lumotlar tizimning o‘zida onlayn shakllandi. Ortidan darrov “propiska“ va manzil bo‘yicha hisobga turish bo‘limiga o‘tishdi.
— Tog‘a, pasport stolga borishni endi unuting. Arizani yubordik, tez orada tayyor QR-kodli hujjatni telefoningizga yuklab olasiz, — tushuntirdi Tursunboy.
Oxirida esa yozning jazirama kunlarida konditsioner uzluksiz ishlab turishi uchun “Kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish va ma’lumotnomalar“ xizmati tekshirildi. Tarmoqlardan qarzdorlik yo‘qligi aniqlanib, kerakli ma’lumotnoma onlayn yuklab olindi.
Maraymamat tog‘a telefondagi arizalar ro‘yxatiga qarab, hayratini yashirolmay qoldi. Eng qizig‘i, shuncha ishlar hal bo‘lguncha, tog‘aning piyoladagi choyi hali sovub ulgurmagan edi. Bir kunlik asabbuzarlik, jaziramadagi yo‘l kiralar va yugur-yugurlar atigi bir necha daqiqada, salqin xonada, bir piyola ko‘k choy ustida hal bo‘lgan edi. U jiyanining yelkasiga qoqib, kulib qo‘ydi:
— Baraka top jiyan, haqiqatdan ham, vaqtni va asabni asrashning yo‘li shu ekan. Telefonim — mening shaxsiy Davlat xizmatlari markazim ekanda!
my.gov.uz — nafaqat jazirama issiqda, balki har qanday vaziyatda hayotingizni yengillashtiradi, vaqtingizni eng muhim narsalarga, oilangiz va yaqinlaringizga bag‘ishlashingizga imkon beradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter