Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sardor Umurzoqov yig‘ilish o‘tkazdi

Sardor Umurzoqov yig‘ilish o‘tkazdi

Joriy yilning 15 aprel kuni Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilar kengashining 32 yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Shu yilning 16-18 may kunlari Samarqand shahrida aksiyadorlari 71 davlat, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Yevropa investitsiya banki bo‘lgan YeTTB Boshqaruvchilar kengashining Yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda 2000 ga yaqin xorijiy hukumat vakillari, transmilliy korporatsiyalar rahbarlari, xalqaro moliya institutlari va banklari rahbarlari, iqtisodiyot, investitsiyalar, moliya va texnologiyalar sohasidagi ekspertlar, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbir davomida jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan tendensiyalar muhokama qilinadi, shuningdek, Bank amaliyoti va moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq institutsional masalalar ko‘rib chiqiladi. Yig‘ilish doirasida xalqaro ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida biznes-forum ham o‘tkaziladi.

Tashkiliy qo‘mita raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov ushbu tadbirni o‘tkazish joyi sifatida mamlakatimiz tanlanishi O‘zbekistonning YeTTB uchun hamkor davlat sifatida muhim ahamiyat kasb etishi, Bank bilan ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani, shuningdek, YeTTB aksiyadorlari tomonidan O‘zbekistonning keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyatining e’tirof etilganidan dalolat berishini qayd etdi.

Yig‘ilish davomida yirik tadbirga tayyorgarlik ishlarining joriy holati o‘rganildi, uni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar yechimlari ishlab chiqildi, uning kun tartibi muhokama qilindi, mas’ul vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorlik qilish algoritmlari belgilab olindi.

Mas’ul rahbarlarga Yig‘ilishning ishbilarmonlik dasturini shakllantirish, shahar infratuzilmasini tayyorlash, xorijiy delegatsiyalar vakillari xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, rasmiy va norasmiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha manzilli topshiriqlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring