Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sizni boylik tomon yetaklovchi o‘nta odat

Sizni boylik tomon yetaklovchi o‘nta odat

Biznesni yuritish, boy-badavlat bo‘lish uchun foydali shartnomalar tuzishni bilish kamlik qiladi. Bu borada pullarga to‘lasincha munosabatda bo‘lish juda muhim. «Sizning millioner qo‘shningiz» kitobi mualliflari Tomas J.Stenli va Uilyam D.Danko xuddi shunday deb xulosa qilishgan. Ular shaxsiy moliyaviy ahvolni inson fe’l-atvoriga bog‘lashdi.

Aksariyat millionerlar aslida tejamkor. Pullarini shunchaki behuda sarflaydigan boy odamlarni eslab ko‘ring-chi! Masalan, Uorren Baffet hech qachon bunday ish tutmaydi.

Boylarning fe’lidagi 10 ta o‘ziga xos xususiyat bilan tanishing:

  1. Sabr-toqat.

Pul jamg‘armalari haqida gap ketganda eng muhim hisoblanuvchi sifat. U kutishni bilishni ifodalaydi. Yangi mahsulot paydo bo‘lganidan keyingi shov-shuvlarning tinishini kutish. Yangi mashina xarid qilishni bir necha yilga orqaga surish ham bo‘lishi mumkin.

Kredit olish o‘rniga o‘zingiz bir qarorga kelib, xohlagan narsani xarid qilish uchun ma’lum fursatni oxirigacha kutsangiz, aslo zarar ko‘rmaysiz.

Sabr-toqatni pul jamg‘armasi va qarzdorlik o‘rtasidagi tafovut sifatida ham ko‘rish mumkin. Shartnoma uchun qulay vaqtni kutish mahorati moliyaviy omad kaliti hisoblanadi.

  1. Qanoat.

Agar siz hayotdan to‘laqonli lazzat olsangiz, ortiqcha buyumlar uchun pul sarflashingizga hojat qolmaydi. Reklamaning yagona vazifasi – tashqi ko‘rinishi bilan «maftunkor» bo‘lgan u yoki bu mahsulotning bizni baxtiyor, boy-badavlat qila olishiga ishontirishidir. Natijada shundoq ham sokin, farovon hayotimizda o‘zgarishlar qilmoqchi bo‘lamiz.

Odamlar reklamada aks etgan shod-xurramlikni o‘zlarida sinashni xohlaganlari uchun ham pul sarflaydilar. O‘zingizda boriga ko‘nglingiz to‘lsa, hayotdan qoniqish his qilsangiz va o‘ta to‘kis yashashga intilmasangiz, sizning moliya, sarmoyalaringiz o‘zini sezilarli tarzda ajoyib his qila boshlaydi.

  1. Tashkilotchilik.

Agar siz tashkilotchilik yo‘lidan borsangiz, mahsuldorlikka erishasiz va har qanday masalani hal qila olasiz. Ya’ni, to‘lovlarni kechiktirmaysiz, u yoki bu buyumni ikkitadan xarid qilmaysiz. Moliyaviy ishlarga doir barcha masalalarni esa xotirangizda saqlaysiz va qisqa fursat ichida talay yumushlarni amalga oshirishga ulgurasiz. Bu esa sizning moliyaviy hayotingizda yoqimli tarzda o‘z aksini topadi.

  1. Intizom.

Shaxsiy pullar – tez boyishning yo‘li emas, balki hayotiy rejalarga tartibli amal qilishdir. Shuning uchun uzoq muddatli xaridlar uchun har oyda g‘oyat darajada aniqlik bilan pul jamg‘arishda sizdan tartib-intizom talab qilinadi.

  1. Ruhiy holat haqida o‘ylash qobiliyati.

Moliyaviy masalalarga aloqador qarorga chetdan qarash va natijasiga baho berish nihoyatda muhim. Siz o‘zgalardek xato qila boshlaysiz. Muhimi, shu kabi yoki doimiy duch keladigan bir xil xatolardan xulosa chiqarib, boshqa takrorlamaslikdir.

  1. Ijodkorlik.

Voqealarning favqulodda rivoj topishi sinchiklab o‘ylab tuzilgan moliyaviy rejalarni chippakka chiqarishi mumkin. Bunday paytda masalaga ijodiy yondashib, yangi holatlarni tuzatishga to‘g‘ri keladi.

Ijodkorlik, masalan, sizga u yoki bu mahsulotni xarid qilish uchun pul bo‘lmagan taqdirda eski buyumning yaroqlilik muddatini cho‘zishni tavsiya qiladi. Shu tarzda «yengil ustomonlik» yo‘li bilan qarzdor bo‘lishdan qutulib qolasiz.

  1. Qiziquvchanlik.

Qiziquvchanlik sizni o‘qishga, o‘z-o‘zini kamolga yetkazish bilan bog‘liq yangi-yangi bilimlarni egallashga majbur qiladi. Hayotingiz turli o‘sish-o‘zgarishlarga boy bo‘ladi. Eng muhimi, kundalik bir xillikdan, zerikarli, biqiq hayotdan qutulasiz.

  1. Tavakkalchilikka tayyorgarlik.

Moliyaviy mavqeni egallash uchun tavakkalchilik, tahlika, xavf-xatarni qo‘rqmasdan kutib olishga tayyor turish kerak. Siz barcha yo‘llarni o‘ylab qo‘yishingiz va xavf tug‘ilganda ongli ravishda ularni o‘z vaqtida o‘rinli tarzda qo‘llashingiz lozim.

Masalan, birjadagi o‘yin tavakkalchilikka moyil, ammo mablag‘ aql bilan ishlatilsa, kelajakda bu faoliyat o‘z mevalarini bera boshlaydi. Moliyaviy xavf-xatardan qochadiganlar esa pullarini bank depozitlarida saqlab, pul qadrsizlanishidan zarar ko‘rishlari mumkin.

  1. Sobitqadamlik.

O‘z oldiga maqsad qo‘yish va unga sari yurish – nihoyatda muhim xislat. Aks holda – qayoqqa ketayotganini bilmagan odamning oxirgi nuqtaga yetishi qiyin. O‘z oldingizga aniq, pishiq-puxta moliyaviy maqsad qo‘ying. Ana shunda uni zabt etishning qudratli asosi vujudga kelgan bo‘ladi. Aniq maqsadi yo‘q odam xohish-istaklari sari yo‘l xaritasiga ega bo‘lmagan kishini eslatadi.

  1. Mehnatsevarlik va zehni o‘tkirlik

Og‘ir mehnatsiz moliyaviy farovonlikka erishish va qarzga botmaslik kamdan-kam odamga nasib etadi. Aksariyat odamlar, lotoreyadan pul yutish barcha moliyaviy muammolarni hal etadi, deb umid qilishlart sir emas. Biroq moliyaviy erkinlikka erishishning muhaqqaq yo‘li – ko‘p ishlash, kasbiy mahoratni oshirib borishdir.

Ehtimol, siz yuqorida qayd etilgan xislatlarga ega emasdirsiz? Bu tushkunlikka sabab bo‘la olmaydi. Fe’l-atvoringizdagi boy-badavlat odamlarga xos yetishmayotgan xislatlarni o‘zingizdagi mavjud bilimlar darajasini qayta ishlagan, o‘stirgan holda rivojlantirishingiz mumkin.

Akbar Fathullayev

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring