Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

So‘mning ramzi e’lon qilindi

So‘mning ramzi e’lon qilindi

Milliy valyuta «So‘m ramzi»ni ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, 508 ta ijodiy loyiha tanlab olingan va ularning har biriga maxfiylikni ta’minlash maqsadida individual shifr raqamlari berilgan.

Texnik ekspertiza – shifrlangan ijodiy loyihalar tanlov mezonlariga muvofiqligi bo‘yicha tekshirildi. Natijada 54 ta shifrlangan ijodiy loyihalar tanlov hakamlar hay’atiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.

Tanlovning yakuniy bosqichida shifrlangan loyihalar Markaziy bank, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan baholandi.

Hakamlar hay’ati a’zolari tanlov ishlarini quyidagi mezonlarga muvofiq baholadi:

  • o‘ziga xoslik (unikal) va originallik;
  • universallik;
  • oson tanib olinishi;
  • ramziy va farqli jihatlari;
  • so‘m ramzining turli formatlarda grafik qo‘llanilishining qulayligi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, hay’at tomonidan O‘zbekiston milliy valyutasi – «so‘m»ning o‘ziga xos timsolini yorqin ifoda etgan eng kreativ loyiha sifatida Jumagaldiyev Sarvar tomonidan ishlab chiqilgan grafik belgi tanlab olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring