Tadbirkorlarga qo‘shimcha ravishda kafolatlar taqdim etiladi

Tadbirkorlarga qo‘shimcha ravishda kafolatlar taqdim etiladi. “Tadbirkorlik sub’yektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–176-son, 26.09.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad etib 2026–2027-yillarda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan 4 trln so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish orqali 5 mingta tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish belgilandi.
Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabrdan Kompaniya tomonidan qo‘shimcha ravishda kafolat yoki kafillik quyidagi shartlarda taqdim etilishi belgilandi, jumladan:
- yirik tadbirkorlarga 10 mlrd so‘mgacha, biroq kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
- o‘rta va yirik tadbirkorlarning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi yirik loyihalariga ularning aylanmasidan kelib chiqib, 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan miqdorda;
- avval kafillikdan ijobiy foydalangan va yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lgan tadbirkorlarga amalda belgilangan kafillik miqdorini 1,5 baravargacha oshirgan holda;
- 2026-yil 1-yanvardan olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan kichik va o‘rta tadbirkorlarga ajratilgan kreditlarning mos ravishda 1,5 mlrd so‘mgacha va 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qismini Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkasigacha qayta moliyalashtirish orqali kompensatsiya taqdim etiladi.
Bunda Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a’zolari tadbirkorlarda band bo‘lgan xodimlarning kamida:
- 5 nafarini tashkil qilganda – 2 foizgacha;
- 10 nafarini tashkil qilganda – 4 foizgacha;
- 20 nafarini tashkil qilganda – 6 foizgacha miqdorda qayta moliyalashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter