Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkmaniston O‘zbekistonga tranzit yuklarini olib o‘tishga ruxsat berdi

Turkmaniston O‘zbekistonga tranzit yuklarini olib o‘tishga ruxsat berdi

1-iyun sanasidan boshlab, xorijiy davlatlar transport vositalariga Turkmaniston hududi orqali tranzit yuk tashuvlarini amalga oshirishga ruxsat etildi.

Xorijiy davlatlar transport vositalari haydovchilari mamlakat hududi orqali quyidagi yo‘nalish bo‘ylab tranzit harakatlanadi. «Saraxs (Eron) – Saraxs (Turkmaniston)» – «Farap (Turkmaniston) – Olot (O‘zbekiston)» – «Saraxs (Turkmaniston) – Saraxas (Eron)» nazorat-o‘tkazish punktlari.

Mamlakat hududi bo‘ylab tranzit yuk tashuvlari quyidagi talab va shartlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi;

Xorijiy davlatlar transport vositalari haydovchilari Turkmaniston davlat chegarasini kesib o‘tishda tranzit tashuvini amalga oshirish jarayonini rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni maxsus sanitar ishlovdan o‘tkazish uchun taqdim etishlari shart;

- belgilangan tartibda avtotransport vositalari sanitar tozzalashdan o‘tkaziladi;

Chegaradan o‘tishda PZR usuli bilan COVID-19 ga test sinovidan o‘tganligi haqida ma’lumotnoma (davlat chegarasidan o‘tishdan oldin kamida 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda), koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat (oxirgi emlash sanasidan 42 kundan kam bo‘lmagan muddatda) taqdim etilishi shart;

- nazorat-o‘tkazish punktida COVID-19 uchun ekspress-testdan o‘tish;

Turkmaniston hududi bo‘ylab tranzit tashuv yuk avtotransport vositalarining tashkiliy jamlanmasi (avtokolonna)da harakatlanish orqali amalga oshiriladi;
O‘zbekiston va Eron chegarasidan 1 km masofada yuk avtotransport vositalarining tashkiliy jamlanmasi (avtokolonna) tuziladi;

- yuk avtotransport vositalarining tashkiliy jamlanmasi (avtokolonna) tuzish soat tonggi 8:00 dan boshlanadi;

- yuk avtotransport vositalarining tashkiliy jamlanmasi yo‘l politsiyasi maxsus mashinalari kuzatuvi ostida harkatlanadi. Harakat davomida haydovchilarga to‘xtash va avtotransport vositasi kabinasidan chiqish taqiqlanadi;

- yuk avtotransport vositalarining tashkiliy jamlanmasi harakati davomida haydovchilarning dam olishi, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, yonilg‘i quyish, zarur oziq-ovqat mahsulotlarini olish uchun maxsus belgilangan avtoturargohlarda to‘xtash ko‘zda tutilgan;

- harakat davomida nosozlik yoki boshqa muammo yuzaga kelgan taqdirda tegishli transport vositasi jamlanmadan ajratiladi. Bunday vaziyatda ichki ishlar organlari hodimlari Turkmaniston avtomobil transporti agentligi bilan birgalikda yuzaga kelgan muammoni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring