Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

VEON GSMA Open Gateway tizimi asosidagi innovatsion texnologiyani ishga tushirmoqda

VEON GSMA Open Gateway tizimi asosidagi innovatsion texnologiyani ishga tushirmoqda

VEON AdTech ishlamalari tijoriy optimallashtirish, moliyaviy xavfsizlik hamda tabiiy ofatlar haqida ogohlantirish tezligi va aniqligini ta’minlovchi xizmatlarni yaratishga qaratilgan.

VEON O‘zbekistonda birinchi bor loyihasi joriy qilingan geolokatsiya shlyuzi platformasini ishga tushirganini e’lon qildi. Bu tijoriy xizmatlardan tortib moliyaviy xizmatlardagi firibgarlikni kamaytirish va favqulodda xizmatlarni qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan keng miqyosda foydalanish imkoniyatini beradi. Geoanalitik shlyuz Global mobil aloqa tizimlari assotsiatsiyasining Open Gateway tizimiga asoslangan. Loyiha dasturchilarga universal API protokollari asosida uyali aloqa operatorlari tarmoqlariga kirish imkonini beradi.

Mobil aloqa global tizimlari assotsiatsiyasi (yoki GSMA) — dunyo bo‘ylab uyali aloqa operatorlari manfaatlarini ifodalovchi savdo tashkiloti hisoblanadi. 800 ga yaqin uyali aloqa operatorlari GSMA’ning to‘laqonli a’zosi bo‘lsa, 400 dan ortiq kompaniyalar esa, assotsiatsiyalangan a’zolardir.

Geolokatsiya shlyuzi Nokia va Infobip bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va ilovalarga qurilmalarning joylashuvini aniqlash imkonini beradi. Kelajakda bu loyiha VEON guruhining barcha raqamli operatorlari kesimida kengaytirilishi rejalashtirilgan, shuningdek, boshqa uyali aloqa operatorlari tomonidan litsenziyalash uchun ochiq sanaladi.

Texnologiya davlatga qarashli sohalar uchun ham yangi imkoniyatlarni ochadi. Masalan, favqulodda xizmatlar ma’lum joylarda odamlarni suv toshqini, zilzila yoki bo‘ron kabi yaqinlashib kelayotgan tabiiy ofatlar haqida ogohlantirishlari mumkin. Moliyaviy tashkilotlar esa karta egasining tranzaksiya yoki bankomatdan pul yechib olish vaqtida hozir bo‘lganligini aniqlashi mumkin bo‘ladi. Tijoriy kompaniyalar uchun texnologiya mijozlar bilan muloqot qilishda yangi yondashuvlarni yaratadi. Masalan, foydalanuvchilar restoran, do‘kon va boshqa ko‘ngilochar maskanlarning ma’lum radiusida bo‘lganlarida SMS-xabarnomalar olishlari mumkin bo‘ladi.

Geolokatsiya shlyuzi xalqaro maxfiylik qonunlari va ma’lumotlarni himoya qilish qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan va uchinchi tomon xizmatlariga faqat anonim ma’lumotlarnigina taqdim etadi. Muayyan foydalanuvchiga tegishli ma’lumotlar ishonchli tomon sifatida faqat uyali aloqa operatorida qoladi. Tijoriy ilovalar uchun, jismoniy shaxslar bilan kommunikatsiyalar ushbu yurisdiksiyaning huquqiy siyosatiga to‘liq asoslanadi.

«Mobil aloqa operatorlari raqamlashtirish orqali iqtisodiy rivojlanishda yetakchi o‘rinda turadi. Ayniqsa, VEON ishlaydigan dinamik o‘suvchi bozorlarga ega mamlakatlarda. Geolokatsiya shlyuzi yordamida biz bozorlarimizda keng ko‘lamli raqamlashtirishga imkon beruvchi eng so‘nggi xalqaro standartlarni joriy qilmoqdamiz», — deydi VEON kompaniyasi guruhi bosh direktori Kaan Terzio‘g‘lu.

«Open Gateway tashabbusi korporativ ishlab chiquvchilarga tarmoqlarni dasturlash va API universal tizimi orqali ulanish imkoniyatini beradi. Bunday o‘zaro hamkorlik ilovalarni bir marta dasturlashni va keyin ularni butun dunyo bo‘ylab o‘zaro bog‘langan operatorlik tarmoqlari bilan integratsiyalash mumkinligini anglatadi. Bu raqamli yechimlarni imkon qadar tezroq amalga oshirish imkonini beradi», – deb tushuntiradi GSMA texnik direktori Aleks Sinkler. Shuningdek, u quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: «VEON ushbu tashabbusni undan foydalanish imkoniyatlari keng bo‘lgan Markaziy va Janubiy Osiyo bozorlariga olib chiqayotganidan mamnunmiz. Biz taklif etayotgan favqulodda holatlarga qanday reaksiya ko‘rsatishdan tortib, to tijoriy rivojlanishgacha bo‘lgan yechimlar juda dolzarb deb o‘ylayman va boshqa uyali aloqa operatorlari uchun ham kengaytirilishi mumkinligini bildirib o‘tmoqchiman».

Birinchi marta ushbu texnologiya O‘zbekistondagi «Dodo Pizza» restoranlar tarmog‘i uchun tijoriy maqsadlarda qo‘llanilgan edi. VEON guruhining sho‘ba korxonalari — Beeline Uzbekistan va VEON AdTech bilan birgalikda pitseriya, geolokatsion API asosida juda aniq marketing uslubini qo‘lladi. Tarmoq filialidan 2 kilometr radius uzoqda bo‘lgan foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlar Geolocation API bo‘yicha filtrlanib, VEON AdTech tomonidan o‘sha foydalanuvchilarga tushlik haqidagi maxsus bildirishnomalar yuborilgan. Xabarda esa promokod va «Dodo Pizza» ilovasiga havola mavjud edi.

«Yangi VEON texnologiyasi mijozlarimizga murojaat qilishning mutlaqo yangi va o‘zgacha yo‘lini taqdim etmoqda», - deydi Sergey Kim, «Dodo Pizza» pitseriya tarmog‘ining rivojlanish bo‘yicha direktori. Bundan tashqari, u texnologiya haqida o‘z fikrini davom ettirib, shunday dedi: «Uning yordami bilan biz hozirda reklama va promokodlarni taklif qilish orqali mijozlarni xabardor qilish tizimini optimallashtirish imkoniga egamiz. Shuni aytib o‘tish kerakki, bu biz uchun ham va boshqa tadbirkorlar uchun ham o‘yin qoidalarini o‘zgartiradi».

VEON AdTech kompaniyasining ishlanma va texnologiyalari nafaqat O‘zbekistonda, balki VEON xoldingi mavjud bo‘lgan boshqa hududlarda ham raqamli transformatsiyalash va biznesni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib beradi. Innovatsion texnologiyalar va hamkorlik munosabatlaridan foydalanish orqali xalqaro kompaniya mijozlar uchun yangi imkoniyatlar yaratib, o‘z xizmatlarini yaxshilashda davom etmoqda, shuningdek, butun boshli raqamli ekotizimning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Bu VEON kompaniyasining kundalik hayotimiz va biznes jarayonlarini o‘zgartiradigan aqlli va yondosh raqamli ekotizim yaratish yo‘lidagi navbatdagi yirik qadamidir.

***

«Unitel» MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab «Beeline Uzbekistan» savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi

VEON 6 jadal rivojlanib borayotgan mamlakatda 160 milliondan ziyod foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistan’da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. «Unitel» MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.

VEON AdTech — digital va performanse marketing hamda zamonaviy reklama texnologiyalarini, jumladan, o‘zining dasturiy platformalarini rivojlantirib boruvchi VEON kompaniyalar tarmog‘ining bir qismi hisoblanadi.

Kompaniya o‘z ish faoliyatida Big Data, sun’iy intellekt va machinelear texnologiyalaridan foydalanadi. VEON AdTech yuqori aniqlikdagi targeting xizmatlari, bozor ehtiyojlarini o‘rganish va do‘konlardagi mijozlar faolligini yoki tanlangan hududlardagi trafikni tahlil qilish xizmatlarini taklif qiladi. Raqamli marketing xizmatlari har qanday masshtabdagi bizneslarga, shuningdek, davlat sektoriga ham mo‘ljallangan.

Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring