Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-martdan O‘zbekistonda ov mavsumi yopiladi

1-martdan O‘zbekistonda ov mavsumi yopiladi

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 627-son Qonuniga muvofiq, har yili 1-martdan 15-avgustga qadar respublika hududida ov mavsumi yopiladi.

Ushbu cheklov biologik resurslarni asrash, yovvoyi fauna vakillarining ko‘payishi davrida ularni muhofaza qilish hamda tabiiy muvozanatni ta’minlashga xizmat qiladi.

Ta’kidlanishicha, Ekologiya qo‘mitasi va hududiy boshqarmalar tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda doimiy reyd tadbirlari olib borilmoqda. Taqiqlangan mavsumda ov qilish amaldagi qonunchilikka muvofiq qat’iy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi fuqarolarni ov mavsumi yopiq davrida tabiatga ehtiyotkorona va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirgan.

Shuningdek, noqonuniy ov holatlariga duch kelgan taqdiringizda, 1157, 1207, (71) 207-11-07, (71) 207-11-08 ishonch telefonlari yoki ecogovuz_bot telegram boti orqali va qo‘mitaning hududiy boshqarmalariga murojaat qilishingiz mumkin, deyiladi Ekologiya qo‘mitasi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring