1 noyabrdan elektrni ko‘p ishlatganlar uchun narxlar karrasiga oshadi
![1 noyabrdan elektrni ko‘p ishlatganlar uchun narxlar karrasiga oshadi](https://xabar.uz/static/crop/5/1/920__95_518834388.jpg)
Endi elektrni ko‘p ishlatgan odamlar pulini 4 karragacha qimmat to‘laydi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, 1 noyabrdan boshlab:
elektr energiyasining quvvati o‘rtacha oylik iste’mol miqdoridan oshib ketgan III guruh iste’molchilariga:
- 1 001 dan 5 000 kVt soatgacha iste’mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar;
- 5 001 dan 10 000 kVt soatgacha iste’mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar;
- 10 000 kVt soatdan yuqori iste’mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 4 barobar o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.
Bu bo‘yicha o‘zgarishlar Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 iyuldagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan va 1 noyabrdan kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter