«10 ming qadam piyoda» tajribasi qayta tiklanadi — Prezident qarori
2026-yil 1-maydan «10 ming qadam piyoda» tajribasi qayta tiklanadi hamda «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident qaoriga ko‘ra, «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi — 1hls.uz faoliyati uchun har yili Maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 10 milliard so‘m ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 1-iyunida 1hls.uz platformasi ishga tushirilib, 10 ming qadam yurgan fuqarolarga 3 ming so‘mdan pul to‘lash yo‘lga qo‘yilgandi. Loyiha prezidentning 2022-yil 6-apreldagi farmoni bilan bekor qilingandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter