Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

102 yoshli onaxonga xorijga chiqish pasporti berildi

102 yoshli onaxonga xorijga chiqish pasporti berildi

Qarshi shahar, «Xaramjo‘y» mahallasida chog‘roqqina bir xonadon bor. Bu uyda 102 yoshni qarshi olgan onaxon Karamat Choriyeva istiqomat qiladi. 

Yaqinda Karamat momo Umra safariga borish uchun xorijga chiqish biometrik pasportini olish maqsadida Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat etdi. 

Murojaatga asosan bo‘lim xodimlari ko‘chma mobil qurilma bilan ikki asrni ko‘rgan onaxonning xonadoniga borib, biometrik ma’lumotlarini olishdi. 

8 mart kuni boshqarma xodimlari Karamat momoning xonadoniga tashrif buyurib, bayram bilan qutlab, xorijga chiqish biometrik pasportini topshirishgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring