Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

11 yoshli qizga zo‘ravonlik qilgan shaxs qo‘lga olindi

11 yoshli qizga zo‘ravonlik qilgan shaxs qo‘lga olindi

11 yoshli qizga zo‘rlik amalga oshirishga ayblangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi. 

«Bloger niqobi ostidagi bu kimsa qonuniy xotini bo‘la turib, boshqa bir erkak bilan rasmiy nikohi bekor qilinmagan ayolni o‘ziga ikkinchi xotin qilib olgan. Shu bilan ham qoniqmay, ikkinchi xotinining voyaga yetmagan (11 yashar) qizini ham muntazam zo‘rlab kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyatining aralashuvi bilan bolaning huquqlari poymol bo‘lishi oldi olindi. Hozirda Agentlik tomonidan jabrlanuvchiga zarur tibbiy, psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda», deyiladi xabarda.

Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan 31 yashar A.K rad etib bo‘lmas dalillar bilan qo‘lga olingan bo‘lib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring