6 ta nomdagi tog‘ tizmasi, tog‘ va cho‘qqi qayta nomlanyapti

Ekologiya vazirligi tasarrufida bo‘lgan 121 ta geografik obyekt nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish rejalashtirilyapti. Shundan 6 tasiga yangi nom beriladi.
Qayd etilishicha, bu orqali tarixiy, madaniy va ilmiy asosga ega bo‘lgan nomlar saqlanadi va to‘g‘ri qo‘llaniladi. Loyihaga ko‘ra, mavjud obyektlar nomlari aniqlashtirilib, yangi nomlar beriladi va rasmiy hujjatlar, xaritalar hamda ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Hududlarda maxsus ishchi guruhlar tashkil etilib, tog‘lar va tabiiy obyektlar xatlovdan o‘tkaziladi.
Nomlari yangilanayotgan o‘yektlar quyidagilar:
- Ohangaron tumani Chotqol tog‘ tizmasining sharqiy qismida, Kattasoy va Chiltonsoy daryolari yuqorisida joylashgan «Pioner» cho‘qqisi — «Yangiobod»;
- Bo‘stonliq tumani Piskom tog‘ tizmasida joylashgan «Pingvin» cho‘qqisi — «Temirtosh»;
- Ohangaron tumani Chotqol tog‘ tizmasida joylashgan «Anna77» cho‘qqisi — «Egar»;
- Bo‘stonliq tumani Piskom tog‘ tizmasining markaziy qismida joylashgan «Adelunga» cho‘qqisi — «Piskom»;
- Qo‘shrabot tumani Nurota tog‘ining janubida joylashgan «G‘aybot» tog‘ tizmasi — «G‘oyibota»;
- Nurobod tumani Zarafshon tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan «Childuxtaron» tog‘i — «Qirqqiz».
Manba: regulation.adliya.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter