Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abituriyentlar eng ko‘p qaysi OTMlarga hujjat topshirayotgani ma’lum qilindi

Abituriyentlar eng ko‘p qaysi OTMlarga hujjat topshirayotgani ma’lum qilindi

Foto:«Xabar.uz»

DTM yangi o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan (12-iyul 18:00 holatiga) abituriyentlar soni haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda shu kungacha abituriyentlar tomonidan eng ko‘p hujjat Toshkent davlat pedagogika universitetiga topshirildi. 9790 nafar abituriyent. Keyingi yetakchi beshlikdan O‘zbekiston milliy universiteti (9 580), Namangan davlat universiteti (8 926), Jizzax davlat pedagogika instituti (8 625) va Urganch davlat universiteti (8 068) o‘rin olgan.

2021/22-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan (12-iyul 18:00 holatiga) abituriyentlar 277 528 nafarni tashkil etmoqda.

Ta’lim shakli bo‘yicha:

- kunduzgi ta’lim shakli – 167 395 nafar;

- sirtqi ta’lim shakli – 102 646 nafar;

- kechki ta’lim shakli – 7 487 nafar.

Tillar kesimida jami 277 528 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

- o‘zbek tili – 235 265 nafar;

- rus tili – 34 529 nafar;

- qoraqalpoq tili – 6 432 nafar;

- boshqa tillar – 1 302 nafar

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring