Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliyadan yana bir tayinlov: Sarabekov Navoiyga jo‘natildi

Adliyadan yana bir tayinlov: Sarabekov Navoiyga jo‘natildi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan A’zamjon Abdukadirovich Sarabekov Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

A. Sarabekov 1987-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2008-yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr, 2010-yilda  magistratura bosqichini, 2015- yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 2003-yilda Adliya vazirligi huzuridagi  Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazida yetakchi mutaxassis lavozimidan boshlagan A. Sarabekov 2020- yilga qadar tizimda turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Tayinlovga  qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun: Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i  lavozimiga ko‘ra Navoiy viloyat yuridik texnikumi direktori hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring