Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston aholisi soni 129 yilda qariyb 10 barobarga ko‘paydi

O‘zbekiston aholisi soni 129 yilda qariyb 10 barobarga ko‘paydi

Foto: Ro‘yxatga olish - 2026

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 047 321 nafarni tashkil etdi.

Aholi soni dinamikasi:

  • 1897-yil — 3 910,6 ming nafar;
  • 1926-yil — 5 272,8 ming nafar;
  • 1939-yil — 6 271,3 ming nafar;
  • 1959-yil — 8 105,6 ming nafar;
  • 1970-yil — 11 799,4 ming nafar;
  • 1979-yil — 15 390,8 ming nafar;
  • 1989-yil — 19 905,2 ming nafar;
  • 2026-yil — 39 047,3 ming nafar.

Bu haqda ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisi soni 1989-yildagi ro‘yxatga olish natijalariga nisbatan qariyb 2 barobarga, 1897-yilga nisbatan esa qariyb 10 barobarga ko‘paygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring