Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alkogolizmni davolovchi yangi ixtiro davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Alkogolizmni davolovchi yangi ixtiro davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

«Surunkali alkogolizmni davolovchi vosita» nomli ixtiro IAP 8081-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va huquqiy muhofazaga olindi.

Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Alkogolizm – bu spirtli ichimliklarga patologik ishtiyoq, ularga ruhiy va jismoniy qaramlik bilan tavsiflangan surunkali kasallik bo‘lib, yangi ixtiro tibbiyotda, xususan, farmakologiya, narkologiya va alkogolizmni davolash uchun qo‘l kelishi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, ixtironing maqsadi - I va II bosqichdagi alkogolizmni davolash va uning qaytalanishining oldini olish hisoblanadi.

Vazirlik ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish, ya’ni patent olish ixtiro egasining rivojlanishi uchun mutlaq huquqlarni himoya qilish ekanligini eslatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring