Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alyaskadagi muz ko‘prigi, g‘am-g‘ussaga botgan Linkoln va muvaffaqiyatning oddiy siri

Alyaskadagi muz ko‘prigi, g‘am-g‘ussaga botgan Linkoln va muvaffaqiyatning oddiy siri

Armiya muhandislari Alyaskada ko‘prik qurilishini tugatish arafasida sarosimaga tushib ishlar edilar. Daryoni muzlik shunchalik qoplagan ediki, ko‘prikning markaziy tayanchini tezroq o‘rnatishmasa, muzning katta bo‘laklari ko‘chib, qurilish chippakka chiqishi mumkin edi...

Ko‘prik uchun po‘lat tayanchlar yasaladigan zavod Pensilvaniya shtatida bo‘lib, uni keltirish juda ko‘p vaqtni talab qilardi. Ish tugashi arafasida nihoyatda yomon ob-havo tayanchni olib kelishni ortga surar, qurilishni poyoniga yetkazish uchun esa bir necha kun qolgan edi. Issiq iqlim yaqinlashardi.

Nihoyat tayanchni yetkazib kelishdi. Uni kerakli holatda o‘rnatishdi, ammo... ma’lum bo‘ldiki, tayanch zarur bo‘lganiga nisbatan bir necha dyuym kalta ekan.

Shunday qilib, zavod juda uzoq, bir necha ming mil narida, vaqt esa kutib turmaydi. Juda noqulay vaziyat, shunday emasmi? Ammo katta tajribaga ega, sog‘lom fikrlovchi, liderlik salohiyatiga ega inson uchun bu tashvishli holat emasdi.

Yuqoridagi sifatlarga ega bo‘lgan armiya muhandisi zudlik bilan zavodga qo‘ng‘iroq qildi va tegishli uzunlikdagi tayanch tayyorlash bo‘yicha gaplashib oldi. Zavodda ham liderlik sifatiga ega odam topildi, bunday vaziyatda «iloji yo‘q» degan so‘z hech qanday ahamiyatga ega emasdi.

Tayanchlar rekord darajadagi qisqa muddatda tayyorlandi va ikkita ekspeditor hamrohligida Alyaskaga jo‘natildi. Ular maxsus hujjatga ega bo‘lib, bu yuklarni tezlik bilan yetkazib berishlari uchun kechayu kunduz yo‘l ochiq edi.

Po‘lat tayanchlar Alyaskaga yetib keldi. Qarangki ularni ko‘prikka vaqtinchalik tayanch bo‘lib turgan muz ko‘chishiga uch daqiqa qolganida o‘rnatib ulgurishdi. Shundan keyin muz yorilib, joyidan qo‘zg‘aldi. Aytish mumkinki, ulkan muammoni bartaraf etish uchun amalga oshirilgan operatsiyada faqat aniq fikrlaydigan odamlar rahbarlik qilibgina qolmay, balki indamay turgan sherik ham kuzatdi. U hamisha odamlarga yordam qo‘lini cho‘zib keladi, ularning istaklarini biladi, qat’iyat bilan ishga kirishadi.

Muayyan-aniq maqsadga ega odamlarga koinotning tutqich bermas qonunlari ko‘rinishidagi kuchlari yordamga keladi go‘yo. Bu kuchlar bizning dunyoga ham tarqalgan bo‘lib, shu nuqtai nazardan qaraganda, chek-chegarasiz mo‘’jaz miqdorni anglash mumkin.

 Avram Linkolnning buyukligi nimada? U muammolarga yuzma-yuz turar, bu mitti odam uchun butun dunyo go‘yo qorong‘ilik qa’rida qolganday bo‘lardi. Bolaligidan g‘am-g‘ussa, mag‘lubiyat va omadsizliklarni boshidan kechirgani bois aql-zakovati o‘rta yoshli kishiga qaraganda bir necha barobar ustun edi uning.

Linkoln og‘ir va muhtojlik to‘lib-toshgan vaziyatlarda kurashdan aslo chekinmagan. U butun irodasini, bor kuchini ishga soladigan nodir qobiliyat sohibi edi.

Bunday fe’l-atvor haqiqiy erkak va ayollarga xosdir. Har qanday inson muvaffaqiyatsizlikka uchraganida barchasiga qo‘l siltab ketishi yoki o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Odatda, ko‘pchilik o‘zini ana shunday tutadi. Balki shuning uchun ham hayotda muvaffaqiyatsizliklar shunchalik ko‘p, omad esa shunchalik kamdir?

Siz oynaga qaraganingizda, o‘zingizning tub mohiyatingizni anglashingiz mumkin emas. Chunki ko‘zguda faqat mohyatingiz «yashayotgan» uyni ko‘rasiz, xolos. Agar hayotda muvaffaqiyat tug‘ini baland ko‘tarishga urinsangiz, qiyofangizning kuchli va kurashchan tomonlarini bilib, u bilan yaqindan tanishishingiz kerak. U sizning qiyofangizda mavjud, unda kurashchi «men»ingiz bor. U siz uchun olmoqchi bo‘lgan barcha hayot quvonchlarini, barcha moddiy boyliklarni, zarur ruhiy halovat va baxt-saodatni baxsh etadi. U tanangizni xastaliklardan qutqaradi.

Bu ko‘rinmas modda, sizning kurashgan «men»ingiz vujudingizda yashar ekan, juda katta aniqlik bilan unga bergan barcha ko‘rsatmalaringizni ado etadi. Ammo shunga qaramay, siz tashabbus ko‘rsatib, hayotdan nimani istashingizni unga anglatishingiz kerak. Mana shu «men»ning ko‘zlariga siz tomondan barcha vakolatlar berilgan. Shuningdek, siz uni o‘zingiz tanlagan harakatlarga yo‘naltirish uchun imtiyozlar bergan agentdan iboratsiz.

Odamlarning bir avlodida iloji yo‘q narsani amalga oshiradigan ko‘pgina daholar yetishib chiqmaydi, ammo ular orasida o‘zining kurashchan «men»i bilan aloqa o‘rnatgan, unga to‘liq ishongan, muayyan maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirgan bitta odamni albatta topasiz.

Men muvaffaqiyat qozongan erkak va ayollarni izlab, ular bilan tanishish sharafiga muyassar bo‘lganman. Bu insonlarni XX asrning ikkinchi yarmi yuzaga chiqardi. Ularning har biri o‘zining kurashchan «men»lari yordamida muvaffaqiyatga erishgan.

Xullas, o‘zingizning kurashchan «men»ingizni egallang va u sizlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi, muvaffaqiyatga eltadi. Ishoning, siz u orqali egallashni orzu qilgan har qanday yuksaklikni zabt etib, ulkan zafar qozonasiz.

(Napoleon Xill kitobidan)

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring