Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amiran Islom Karimovning qimmatbaho sovg‘asini o‘g‘irlagani aytilmoqda

Amiran Islom Karimovning qimmatbaho sovg‘asini o‘g‘irlagani aytilmoqda

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning nevarasi Maryam Tillayeva o‘z eri Amiran Sardorovni o‘g‘irlikda aylab chiqqan.

Tillayevaning so‘zlariga ko‘ra, Islom Karimov tomonidan sovg‘a qilingan qimmatbaho ziraklar seyfdan yo‘qolib qolgan. Bu ayblovga Amiranning o‘zi hozircha biror izoh bermagan.

Lekin bir necha kun oldin Maryam eri uni kaltaklagani haqida ham iddao qilgan. Bunga esa Sardorov jim qarab turmagan.

«Agar Mashani xafa qilgan bo‘lsam, u bilan uchrashib, istalgan yordamni berishga tayyorman. Men u va uning oilasi haqida hech qachon yomon gap gapirmaganman, qattiq hurmat qilaman», degan Amiran.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili aprelda bu ikki juftlik turmush qurishgandi. Lekin oxirgi paytlarda ko‘p janjallar tufayli birga yashamayotgani aytiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring