Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon hokimi kasalxonaga yotqizilgan – manba

Andijon hokimi kasalxonaga yotqizilgan – manba

Foto: Xabar.uz

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yil boshidan buyon tumanlar kesimida har oyning oxirgi shanba kuni fuqarolar qabulini muntazam o‘tkazib kelayotgan edi.

Hokimlik matbuot xizmati iyul oyining oxirgi shanba (31 iyul) kungi qabulni hokimning o‘zi emas, uning birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunov o‘tkazganini ma’lum qildi. Ammo viloyat hokimining fuqarolarni qabul qilish tartibiga kiritilgan o‘zgarish sababini izohlamadi.

Shundan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda Shuhratbek Abdurahmonovning sog‘lig‘i bilan bog‘liq mish-mishlar tarqaldi.

«Xabar.uz» manbasi Andijon hokimi kasallikka chalingani va ayni vaqtda Toshkent shahrida davolanayotganini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona hokimi ham Toshkentda davolanayotgani aytilgandi. Muftiy Usmonxon Alimov esa Rossiyada davolanayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring