Andijon shahri hokimi qamoqqa olindimi?
Jinoyat ishi doirasida kecha, 6 iyun kuni Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarov gumonlanuvchi tarikasida protsessual tartibda ushlangan.
Yaqin 48 soat ichida unga nisbatan qanday ehtiyot chorasi qo‘llanilishi hal etiladi. «Qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘laniladimi yoki garov yoinki «uy qamog‘i»mi — buni prokuratura hal qiladi.
Bosh prokuraturaning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Avvalroq Bahrom Haydarov bir guruh shaxslar bilan 48 mlrd. so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani, tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olinganiga oid xabarlar o‘z tasdig‘ini topgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter