Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda bloger kaltaklab ketildi

Andijonda bloger kaltaklab ketildi

Foto: blogerning sahifasidan

Andijonning Asakasida bloger Otabek (Abdupatto) Nuritdinov kaltaklab ketildi. Bu haqda blogerning o‘zi «Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘i orqali ma’lum qilmoqda. 

Aytilishicha, u bugun Asakadagi «Xolid Ibn Volid» masjidining shundoq biqinida «Spirtli ichimliklar do‘koni» faoliyat yuritayotgani haqida tarmoqdagi sahifasiga post qo‘yar ekan, tuman hokimligi matbuot xizmatidan munosabat kutajagini ham qistirib o‘tadi.

Foto: blogerning sahifasidan skrinshot

Oradan bir necha soat o‘tib, blogerning uyiga bir nafar ayol va ikki nafar yigit keladi. O‘zlarini aroq do‘koni egalari ekanini aytgan mehmonlar uning telefon raqami va manzilini Asaka shahar IIB xodimlaridan olganini aytishadi. Ikki o‘rtada «suhbat qo‘r yeb» ulgurmay, kutilmagan mehmonlar O.Nuritdinovni qasddan urib, tan jarohati yetkazishadi.

Ayni voqelik ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, asakalik faol bloger Otabek Nuritdinov o‘tgan yilning 30 yanvar kuni tuhmat, haqorat va mayda bezorilikka oid huquqbuzarliklarni sodir etishda aybdor deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgandi. Uning ma’muriy qamoq jazosiga tortilishi ancha sirli va shubhalarga boy ekaniga qaramay, sud qarori yuqori bosqichda o‘z kuchida qoldirilgandi.

Yana bir e’tiborli holatki, yaqinda Andijon viloyati hokimi matbuot kotibi M. Botirovning ijtimoiy tarmoqdagi yozishmalari (skrinshoti) tarqalishi keng jamoatchilikda O. Nuritdinovning qamalishi viloyat hokimining buyrug‘i bilan amalga oshirilgani haqida tasavvurlar paydo qildi. Biroq hozircha inkor etib bo‘lmas fakt yo‘q. Viloyat hokimi matbuot kotibining tarmoqda tarqalgan yozishmalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotganidan xabaringiz bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring