Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Autodonorlik tartibi belgilandi

Autodonorlik tartibi belgilandi

Foto: «Xabar.uz»

Adliya vazirligi Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini zarurat bo‘lganda, donorning o‘ziga ishlatilishini ko‘zlab topshirish (autodonorlik) tartibi haqidagi nizomni davlat ro‘yxatdan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami: 3763, 28.01.2026 y.).

 Nizomga ko‘ra, autodonorlik quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

  • donorga allogen qon (begona qon) quyishning imkoni mavjud bo‘lmasa;
  • donorning qon guruhi kam uchraydigan bo‘lsa;
  • donor yoki uning qonuniy vakili allogen qon (begona qon) quyishni rad etsa.

Autodonorlik donorning jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tibbiyot muassasalarida donor yoki uning qonuniy vakilining yozma roziligi asosida bepul amalga oshiriladi.

Autodonorlikdan oldin donorning qoni laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.

Autodonorlik quyidagi davrlardan birida amalga oshiriladi:

  • jarrohlik amaliyotidan oldin (ko‘pi bilan 30 kun oldin);
  • jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik jarayonida (1-2 soat oldin);
  • jarrohlik amaliyoti davomida (donor yoki uning qonuniy vakilining yozma roziligi oldindan olinganda).

Donorda OIV (OITS) infeksiya, B yoki C virus markerlari, zaxm kasalligi hamda gematokrit ko‘rsatkichi 25 foizdan kamligi aniqlansa autodonorlikka yo‘l qo‘yilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring