Baxmalda Qizil kitobga kiritilgan ayiq qopqondan qutqarildi
26-avgust kuni Jizzax viloyatidagi Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida noma’lum fuqarolar tomonidan qo‘yilgan qopqonga O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ayiq tushib qolgan.
Mahalliy aholi tomonidan ushbu holat yuzasidan murojaat kelib tushgach, Davlat ekologiya qo‘mitasi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi hamda Jizzax viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari bayon etilgan manzilga yetib bordilar.
Hozirda ayiqni qutqarish, davolash muolaja ishlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi, deyiladi Ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter