Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bayram arafasida ob-havo qanday bo‘ladi?

Bayram arafasida ob-havo qanday bo‘ladi?

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 4-8 mart kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, mart oyining birinchi kunlarida qish yana bir bor sovuq ob-havo va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar bilan o‘zini eslatdi. Bugun tongda havo harorati 2-5 daraja sovuqqacha, shimolda 7-12 daraja sovuqqacha pasaydi.

Ammo kunduz kunlari haroratning jadal ko‘tarilishi boshlanadi, haroratning ko‘tarilishi ish haftasining oxirigacha davom etadi.

4-7 mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

8 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Hafta oxirigacha harorat asta-sekin 13-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Harorat kechasi 2-5 daraja sovuqdan 2-5 darajailiqqacha ko‘tariladi.

Shamol asosan sharqiy yo‘nalishda birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan tezlikda esadi, 8 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi.

5-6 mart kunlari respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

6-7 mart kunlari ayrim tog‘li hududlarda, 8 martda tog‘li hududlarning katta qismida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtimizda 4-7 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari 0-2 daraja sovuqdan 3-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 5-7 daraja iliqdan 15-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

6-7 martda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring