Behzod Musayev yangi lavozimga tayinlandi
Sobiq vazir Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligini boshqaradi.
Davlatimiz rahbari yig‘ilishda mamlakatimiz oldida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida ochilayotgan ulkan imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi va Bexzod Musayev unga rahbar etib tayinlanadi.
Agentlikka fuqarolarimizning xorijdagi yuqori daromadli mehnat bozorlariga kirishi bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirish topshirildi. Hokimlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz taqdiri uchun agentlik bilan tengma-teng javobgar bo‘lishi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter