Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Birdaniga 14 bemor koronavirusdan tuzaldi

Birdaniga 14 bemor koronavirusdan tuzaldi

Foto:«Xabar.uz»

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 14 nafari butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vaziri mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Sog‘aygan bemorlarning 10 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 8 nafari poytaxtimizdan, 2 nafari Toshkent viloyatidan va 1 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarkand, Sirdaryo va Navoiy viloyatlaridan. Bemorlardan uch nafari Rossiyadan charter reysda Toshkentga kelishgan. Qolgan 11 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiyani yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 56 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 185 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring