Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birjaga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi oshiriladi

Birjaga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi oshiriladi

Sovuq havo oqimi natijasida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (metan zapravkalar) faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi oshiriladi.

Buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan.

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasining ma’lum qilishicha, iste’molchilarning avtobenzinga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olinib, barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.

«Shu o‘rinda xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sun’iy ravishda oshirmasliklarini, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotishlarini so‘raymiz.

Nazorat tadbirlari kuchaytirilib, narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi», – deyiladi kompaniya axborotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring