Bosh prokuraturaning yana bir xodimi vafot etdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining yana bir mas’ul xodimi vafot etdi.
O‘tgan yilning iyul oyidan mahakamaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Saydulla Elmurodov kuni kecha omonatini topshirdi. Mazkur ma’lumotni marhumning yaqinlari katta taassuf bilan tasdiqladi. Biroq uning vafoti sabablarini ochiqlashdan tiyildi.
Saydulla Elmurodov Bosh prokuraturaga ishga o‘tishidan avval Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, roppa-rosa yigirma kun burun Bosh prokuraturaning yana bir boshqarma boshlig‘i Hamza Fayziyev koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgandi.
«Xabar.uz» marhumning yaqinlariga hamdarlik bildirib, chiroyli sabr tilaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter