Abdulla Aripov: «Erkak o‘qituvchi — tarbiya degani»
Bugun, 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida xalq ta’limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Yig‘ilishda ishtirok etgan «Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, Bosh vazir erkak o‘qituvchilarning kamayib ketgani maktablarda ta’lim-tarbiyaning susayishiga sabab bo‘lganini qayd etgan.
«Maktablarda tarbiyaning yomonlashib ketganining asosiy sababi — erkak o‘qituvchilarning yetishmasligida. Albatta, bunga o‘qituvchilar maoshlarining kamligi ham asosiy sabablardan biri. Erkak o‘qituvchi — tarbiya degani.
Kelajakda, albatta, o‘qituvchilarning maoshi yetarli miqdorda oshiriladi. Hozircha bunga moliyaviy imkonimiz yo‘qligini barchangiz yaxshi bilasiz», — deb aytgan Abdulla Aripov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter