Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir Olmazordagi G‘alaba bog‘i qurilishi bilan tanishdi

Bosh vazir Olmazordagi G‘alaba bog‘i qurilishi bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Olmazor tumanidagi general Sobir Rahimov haykali o‘rnatilgan hiyobonda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan G‘alaba bog‘i barpo etish jarayoni boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 25-iyun kuni mazkur hududda bo‘lib, G‘alaba bog‘i qurilishi bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Bugun, 25-iyul kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov G‘alaba bog‘ini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi va shu yerning o‘zida yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, 2011-yilning qishida Sobir Rahimov haykali G‘ofur G‘ulom istirohat bog‘iga ko‘chirilgan, Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yilda Sobir Rahimov haykali o‘z o‘rniga qaytarilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring