Boshlandimi yana? Samarqandda is gazidan yosh er-xotin vafot etdi
Samarqandda is gazidan zaharlanishi oqibatida yosh er-xotin vafot etdi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi ma’lum qildi.
Fojia o‘tgan haftaning o‘rtalarida Samarqand viloyatining Paxtachi tumani Istiqlol mahalla fuqarolari yig‘inidagi xonadonlarning birida yuz bergani aytilmoqda. Yashash uyi yotoqxonasiga o‘rnatilgan qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechidan sizib chiqqan tabiiy gaz 26 yashar erkak va uning 23 yoshli xotinining bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgan. Ularning voyaga yetmagan farzandlari bor-yo‘qligi haqida ma’lumot yo‘q.
Fojia xususida huquqni muhofaza qiluvchi organlar haligacha churq etmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter