Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bo‘ysunuvi o‘zgarayotgan davlat boshqaruvi organlari (ro‘yxat)

Bo‘ysunuvi o‘zgarayotgan davlat boshqaruvi organlari (ro‘yxat)

Prezident farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan quyidagi respublika davlat boshqaruvi organlarining tashkiliy bo‘ysunuvi o‘zgaradi:

Qo‘mitalar:

  • Davlat statistika qo‘mitasi – Statistika agentligi shaklida qayta tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi – Mudofaa sanoati agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Mudofaa vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi – Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi – O‘rmon xo‘jaligi agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Tabiat resurslari vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Davlat soliq qo‘mitasi – Soliq qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Davlat bojxona qo‘mitasi – Bojxona qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda.

Agentliklar:

  • Yoshlar ishlari agentligi – Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Prezident ta’lim muassasalari agentligi – Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Kinematografiya agentligi – Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • «O‘zarxiv» agentligi – Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi – Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi – Dori-darmon va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazilgan holda, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

Inspeksiyalar:

  • Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi – Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi ob’yektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi – Suv xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

Boshqa organlar:

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi negizida – Tabiat resurslari vazirligi tashkil etilmoqda; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi negizida  – Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tashkil etilmoqda; Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi negizida – Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tashkil etilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi negizida – Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tashkil etilmoqda.

Avvalroq Faoliyati tugatilayotgan davlat boshqaruvi organlari ro‘yxati taqdim etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring