Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bozorda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Bozorda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Samarqand viloyatida qalbaki AQSh dollarini o‘tkazgan shaxslar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Narpay tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar O.E. va J.S. o‘zaro til biriktirib, «Mirbozor bozori» MChJ hududida «Paynet» xizmati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar O.J. va D.R.ning shoxobchasidan boshqa fuqarolarning plastik kartasiga jami 5,6 mln so‘m pullarni o‘tkazib, evaziga qalbaki 500 AQSh dollarini berganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring