Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azoda uzoq kutilgan sulh kuchga kirdi

G‘azoda uzoq kutilgan sulh kuchga kirdi

Falastinning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi belgilanganidan bir necha soat kechikib amal qila boshladi. Bunga, avvalroq xabar qilinganidek, Isroil tomonining HAMASdan garovga olinganlar ro‘yxatini talab qilgani va talabi bajarilmagunigacha o‘t ochishni to‘xtatmaslik g‘aqidagi qarori sabab bo‘lgan.

Netanyahu idorasiga yaqin manbaning ma’lum qilishicha, Isroil so‘roviga nisbatan kerakli ro‘yxatni qabul qilib olgan va otashkesimga erishishga doir sulh Toshkent vaqti bilan 14:15dan amal qila boshlagan.

Mazkur sulhning 42 kun davom etadigan birinchi bosqich doirasida Isroil garovdagi 33 fuqarosini qaytarib oladi va buning evaziga qamoqxonalardagi 700 nafar falastinlikni qo‘yib yuboradi.

Isroil OAVlarining yozishicha, HAMAS shanba kuni garovdagilarni qo‘yib yuborishni boshlaydi va ular bilan almashtiriladigan falastinliklar ro‘yxatini juma kuni taqdim qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring