«Bugun Namangan shahrini aylanaman. Shahar rahbarlarining ishda qolish-qolmasligi shunga bog‘liq» — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Namangan viloyati faollar yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari tadbirdan so‘ng Namangan shahri mahallalarini aylanishini ta’kidladi. Bu haqda «Xabar.uz» maxsus muxbiri Zafar Qosimov xabar berdi.
— Yig‘ilish tugagandan so‘ng shaharni aylanaman. Shunday chiqamanu, istalgan mahallaga kiraman. Bu tashrifga ko‘p narsa bog‘liq.
Shahar rahbarlarining ishda qolish-qolmasligi bugun ko‘radiganlarimga bog‘liq. Agar ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, hokim ham, prokuror ham, soliq va IIV boshlig‘i ham ishdan ketadi.
Ular shunchaki ishdan olinmaydi, balki qonun oldida javob beradi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter