Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun O‘zbekistonning janubiy hududlarida 48 darajagacha issiq saqlanib qoladi

Bugun O‘zbekistonning janubiy hududlarida 48 darajagacha issiq saqlanib qoladi

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 40-45 daraja, janubda ba’zi joylarda 46-48 daraja gacha, shimolda 34-39 daraja bo‘ladi.
 
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 41-43 daraja bo‘ladi.
 
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35 daraja, ba’zi joylarda 37 darajagacha bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring