Bugun O‘zbekiston prezidenti Oliy Majlis va xalqqa murojaatnomani taqdim etadi
Bugun, 26-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomani taqdim etadi. Murojaatnomaning to‘g‘ridan to‘g‘ri translyasiyasi soat 11:00 da boshlanadi.
Translyasiyani translyasiya qiladigan telekanallar:
- «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston» (surdotarjima bilan), «Mahalla», «Madaniyat va ma’rifat», «O‘zbekiston tarixi», «Mening yurtim», «Sevimli», «Milliy», «Zo‘r TV», «Renessans TV»;
- «Toshkent» va «Dunyo bo‘ylab» (ruscha tarjimasi bilan);
- «Yoshlar» va «O‘zreport TV» (inglizcha tarjimasi bilan).
Murojaatnomani prezident matbuot xizmatining Telegram va Facebookdagi sahifalari hamda YouTubedagi rasmiy kanali orqali ham kuzatishingiz mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter