Bugun O‘zbekistonning uchta hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.
Toshkentda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 31-33° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter