Bugun Termizda chang bo‘roni kuzatilishi mumkin

Gidrometeorolog mutaxassis Erkin Abdulahatov Turkmaniston va O‘zbekiston cho‘l hududlarida kuzatilayotgan vaziyatdan kelib chiqib, chang-to‘zon hodisasi bugun kechqurun Termizga yetib borishini mumkinligini yozmoqda.
«Markazida atmosfera bosimi 998 gPa gacha pasayuvchi bu safargi siklonal jarayon Turkmaniston va O‘zbekiston cho‘l hududlarida havoda mayda RM-2.5 va RM-10 chang zarrachalarini haddan tashqari ko‘paytirmoqda», – deb yozadi mutaxassis.
U, shuningdek, O‘zgidromet ma’lumotlariga tayanib, ayni paytda Turkmaniston markazida havoda RM-2.5 mayda dispers zarrachalar milliy ruxsat etilgan standratlardan 15 barobar, xalqaro JSST talablaridan esa 100 barobar ko‘p kuzatilayotganini ma’lum qildi.
«Ushbu aylanma siklonik jarayon kechqurun Termiz tomonlarga ham changni haydaydi», – deydi E.Abdulahatov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter